Ekran o'lchami:
Matn o'lchami:
Texnikumning sirtqi ta'lim shakliga qabul
Texnikumning dual ta'lim shakliga qabul
• Xorijiy fuqorolar qabuli texnikumga qabul jarayonlari amalga oshirilayotgan vaqtda amalga oshiriladi
• O'qishni tiklash vao’quvchilar o'qishini ko'chirish
• O‘qishni ko‘chirish yoki qayta tiklash qoidaga ko‘ra, yozgi ta’til davrida, tegishli kurs (semestr)da o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishiga qadar amalga oshiriladi.( Vazirlar Mahkamasining 466-son qarori)
Toshkent transport texnikumida o'qishni ko'chirish bo'yicha o'quvchilardan arizalar 3-iyuldan 9-avgustga qadar qabul qilinadi.
• O‘qishni ko‘chirish yoki qayta tiklash o‘quvchining (o‘quvchi voyaga yetmagan bo‘lsa uning ota-onasidan birining yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning) arizasi va professional ta’lim muassasasi tomonidan berilgan akademik ma’lumotnoma, o‘quvchining kursdan kursga o‘tganligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma, o‘quvchi pasporti nusxasi, voyaga yetmagani sababli pasporti bo‘lmaganda tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma hamda ota-onasi (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ning doimiy yashash joyi ko‘rsatilgan pasporti nusxasidan iborat hujjatlar yig‘ma jildi asosida ko‘rib chiqiladi.
• O‘quvchilarning o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklashda professional ta’lim muassasasi direktori tomonidan ta’lim dasturlaridagi farqlarni yoki qarzlarni topshirish tartibi va muddatlari (ikki oydan ortiq bo‘lmagan), shuningdek, o‘quvchilarni o‘qitish kursi belgilanadi.
• Professional ta’lim muassasasi miqyosida bir darajadagi ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qishni ko‘chirish yoki ta’lim shaklini o‘zgartirish masalasi mazkur professional ta’lim muassasasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
• Xalqaro ta'lim dasturlari
• "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ homiyligi asosida Rossiya Federatsiyasi OTMlarida grant asosida o‘qish imkoniyati mavjud.
• Ma‘lumotlarni “Xalqaro aloqalar” bo’limining 71-299-05-40 telefon raqami yoki “Qabul-2023(RF) ” -- "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ homiyligi asosida Rossiya Federatsiyasi OTMlarida 2023 yil qabuliga oid ma‘lumotlarni olish bo‘yicha ochilgan telegram guruhi telegram guruhi orqali olishingiz mumkin.
• Qabul komissiyasi haqida ma‘lumotlarni 71-299-05-67 telefon raqami yoki Toshkent temir yo'l texnikumi telegram kanali orqali olishingiz mumkin.
kokandrailtech@gmail.com
+998735432720
Dushanba-Shanba 08:00-16:00
Farg'ona viloyati Qo'qon shaxri mexrjon ko'chasi 22-uy
PremiumSoft