Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

0 %

Matn o'lchami:

0 %
Sayt test rejimida ishlamoqda.
logos/images/file-1762335584700-461010404.png

QO'QON SHAXAR 2-SON TEXNIKUMI

sliders/images/file-1770269228068-910797505.jpg

“Kelajak temir yo‘l mutaxassislarini bugundan tayyorlaymiz”

“Qo‘qon shaxar 4-son texnikumi — bu temir yo‘l sohasi uchun malakali mutaxassislar tayyorlaydigan zamonaviy o‘quv maskani. Bu yerda nazariya va amaliyot uyg‘unlashgan holda, siz kelajak kasbingizni egallaysiz.”

abouts/images/file-1770269404133-641082689.jpg
Texnikum haqida
Qo‘qon shaxar 4-son texnikumi Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri, Mexrjon ko‘chasi 22-uy manzilida joylashgan bo‘lib, temir yo‘l transporti sohasi uchun malakali mutaxassislar tayyorlab kelayotgan yetakchi professional ta’lim muassasalaridan biridir. Texnikum binosi 1920-yilda qurilgan bo‘lib, bugungi kunda zamonaviy ta’lim talablari asosida faoliyat yuritmoqda.

Texnikumning umumiy quvvati 800 o‘rinli bo‘lib, ta’lim jarayoni 6 ta binoda tashkil etilgan. O‘quv muassasasida 35 ta o‘quv xonasi, ishlab chiqarish o‘quv ustaxonalari, sport zali, faollar zali, oshxona va talabalar yotoqxonasi mavjud. Yotoqxona 160 o‘rinli, oshxona esa 200 o‘rinli bo‘lib, talabalar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

Texnikumda talabalar nafaqat nazariy bilimlar, balki amaliy ko‘nikmalarni ham egallaydilar. O‘quv-amaliy mashg‘ulotlar, seminarlar va ishlab chiqarish amaliyotlari muntazam tashkil etilib, talabalar kelgusida o‘z kasbi bo‘yicha mustaqil faoliyat yuritishga tayyorlanadi.

Texnikum kutubxonasi boy fondga ega bo‘lib, unda 15 632 dona turli yo‘nalishdagi adabiyotlar jamlangan. Jumladan, umumta’lim, umumkasbiy, maxsus va badiiy adabiyotlar talabalar va o‘qituvchilar uchun doimiy foydalanishga taqdim etilgan.

Ta’lim yo‘nalishlari

Qo‘qon shaxar 4-son texnikumida quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi:

  • Lokomotiv boshqarish mashinisti va uning yordamchisi

  • Temir yo‘l transportida avtomatika va telemexanika

  • Harakatni tashkil etish va boshqarish

  • Lokomotivlar hamda temir yo‘l vagonlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash

  • Temir yo‘l transportida elektrlashtirish va elektr ta’minoti

Shuningdek, buxgalteriya hisobi va audit, kompyuter tizimlarida dasturlash, payvandlovchi, elektr stansiyalari uskunalarini ta’mirlash kabi yo‘nalishlar ham mavjud.

Texnikum bitiruvchilari temir yo‘l transporti tizimida, sanoat korxonalarida hamda xizmat ko‘rsatish sohalarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqdalar. Ta’lim sifati, mustahkam moddiy-texnik baza va tajribali pedagoglar jamoasi texnikumning asosiy ustunliklaridan biridir.

Texnikum raqamlar va faktlarda

Texnikumda malakali o‘qituvchilar, zamonaviy laboratoriyalar va amaliyot bazalari mavjud bo‘lib, bu o‘quvchilarga real ishlab chiqarish jarayonini chuqur o‘rganish imkonini beradi.

facts/images/file-1762335620859-314817776.png

Bizning tariximiz

Temir yo’l ta’limida 100 yildan otiq tajriba

facts/images/file-1762335665619-70820058.png

Professional muhit

Talabalarning 95 % i temir yo'l soxasida yuqori lavozimlarni egallab kelmoqda

facts/images/file-1762496517941-536395434.png

O’qituvchilar

Texnikumda 60 dan ortiq malakali mutaxsislar ta'lim berib kelishmoqda

Ko‘p so‘raladigan savollar

Texnikumga kirish va ta’lim jarayoni haqida eng ko‘p beriladigan savollarga javoblar.

Texnikumga qabul qilish talablari qanday?

Texnikumga qabul qilish talablari qanday?

photo-medias/images/file-1767940142483-907757087.jpg
photo-medias/images/file-1769018482071-47802913.jpg
photo-medias/images/file-1769018495500-872559345.jpg
photo-medias/images/file-1769018511522-999318106.jpg
photo-medias/images/file-1769018524004-62969695.jpg

Biz bilan bog‘laning

Savollaringiz bormi? Bron qilish yoki qo‘shimcha ma’lumot olish uchun biz bilan bog‘laning. Mutaxassislarimiz sizga yordam berishga doim tayyor.

Manzil

Farg'ona viloyati Qo'qon shaxri mexrjon ko'chasi 22-uy

Telefon raqam

+99873-543-27-20

24/7 qo‘ng‘iroq markazi

E-mail

kokandrailtech@gmail.com

Tez javob kafolatlanadi

Ish vaqti

Har kuni 24/7

Doimo xizmat ko‘rsatamiz

email

kokandrailtech@gmail.com

phone

+998735432720

work_time

Dushanba-Shanba 08:00-16:00

marker

Farg'ona viloyati Qo'qon shaxri mexrjon ko'chasi 22-uy

Qo‘qon temiryo‘l texnikumi
Developed by:
logo.png PremiumSoft