Qoʻqon temir yoʻl texnikumi oʻquvchi yoshlari Harbiy-vatanparvarlik kuni munosabati bilan harbiy qismga tashrif buyurdi
2026-yil 21-yanvar kuni Qoʻqon temir yoʻl texnikumining oʻquvchi yoshlari Harbiy-vatanparvarlik kuni munosabati bilan harbiy qismga tashrif buyurdilar. Mazkur tashrif yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy gʻurur va vatanparvarlik ruhini yuksaltirish maqsadida tashkil etildi. Tashrif davomida o‘quvchilar harbiy qismning kundalik faoliyati, askarlarning xizmat sharoitlari hamda harbiy intizom bilan yaqindan tanishdilar. Harbiy xizmatchilar tomonidan yoshlar uchun harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari, qurol-aslahalar va maxsus jihozlar bilan ishlash tartibi namoyish etildi. Shuningdek, harbiy texnika va askarlarning jangovar shayligi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Uchrashuv davomida harbiylar tomonidan Vatan himoyasining muqaddas burch ekani, tinchlik va osoyishtalikni asrash har bir fuqaroning sharafli vazifasi ekanligi alohida ta’kidlandi. Tadbir yakunida o‘quvchi yoshlarda harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqish yanada oshib, ular uchun mazkur tashrif katta taassurot qoldirdi.
kokandrailtech@gmail.com
+998735432720
Dushanba-Shanba 08:00-16:00
Farg'ona viloyati Qo'qon shaxri mexrjon ko'chasi 22-uy