Qoʻqon shahar 4-son texnikumida o‘tkazilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri doirasida tashrif buyurgan maktablarning 9–11-sinf o‘quvchilari uchun ko‘ngilochar hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbir kechasi tashkil etildi. Tadbir davomida o‘quvchilar uchun qiziqarli chiqishlar, sahna ko‘rinishlari hamda turli ijodiy dasturlar namoyish etilib, ularga quvnoq kayfiyat ulashildi. Shuningdek, tadbir jarayonida yoshlarni bilim olishga, kasb-hunar egallashga hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy chiqishlar ham bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir o‘quvchi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning texnikum hayoti bilan yanada yaqindan tanishishlariga xizmat qildi.
kokandrailtech@gmail.com
+998735432720
Dushanba-Shanba 08:00-16:00
Farg'ona viloyati Qo'qon shaxri mexrjon ko'chasi 22-uy