Qoʻqon temir yoʻl texnikumi o‘quvchi yoshlari ishtirokida yoshlar imkoniyatlariga bag‘ishlangan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-yil 2- mart kuni Qoʻqon universitetida Oliy ta’lim muassasalari hamda texnikum bitiruvchilari ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda Yoshlar jamg‘armasi respublika rahbariyati, shuningdek AloqaBank va Milliy bank (Yoshlar banki) respublika rahbarlari ishtirok etdilar.
Ochiq muloqot davomida: 🔹 Yoshlar uchun ajratilayotgan imtiyozli kreditlar
🔹 Tadbirkorlik faoliyatini boshlash imkoniyatlari shunga 1ta mumiy sarlavha
🔹 Bandlikni ta’minlash masalalari
🔹 Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 32 ta tashabbus doirasidagi imkoniyatlar muhokama qilindi.
Tadbir savol-javoblarga boy, ochiq va samimiy ruhda o‘tdi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar.
Mazkur ochiq muloqotda Qoʻqon shahar 4-son texnikumining oʻquvchi yoshlari faol ishtirok etdilar.
kokandrailtech@gmail.com
+998735432720
Dushanba-Shanba 08:00-16:00
Farg'ona viloyati Qo'qon shaxri mexrjon ko'chasi 22-uy