Qo‘qon temir yo‘l texnikumida “Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni” munosabati bilan devoriy gazetalar tanlovi o‘tkazildi
2025-yil 1-dekabr kuni Qo‘qon temir yo‘l texnikumida “Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni” munosabati bilan talabalar o‘rtasida deworiy gazetalar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarda OIV/OITS haqida to‘g‘ri tushuncha shakllantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va kasallikning oldini olish bo‘yicha xabardorlikni oshirishdan iborat bo‘ldi.
Tanlovda texnikumning turli guruhlari ishtirok etib, o‘z ijodiy ishlari orqali mavzuni rang-barang uslubda yoritdilar. Gazetalarda OIV/OITSning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar, statistik ma’lumotlar, shiorlar, infografikalar hamda targ‘ibot mazmunidagi ijodiy materiallar o‘z aksini topdi.
Baholash jarayoni hakamlar hay’ati tomonidan adolatli mezonlar asosida amalga oshirildi. G‘olib deb topilgan guruhlar faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
kokandrailtech@gmail.com
+998735432720
Dushanba-Shanba 08:00-16:00
Farg'ona viloyati Qo'qon shaxri mexrjon ko'chasi 22-uy