2026-yil 14-yanvar kuni Qo‘qon temir yo‘l texnikumida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda texnikum rahbariyati, ustozlar hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etib, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlab kelayotgan mard va jasur vatan himoyachilariga chuqur hurmat va ehtirom bildirildi.
Bayram dasturi davomida o‘quvchilar tomonidan vatanparvarlik ruhidagi she’rlar, samimiy tabriklar, shuningdek harbiy chiqishlar namoyish etildi. Ushbu chiqishlar tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi
Tadbir yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va harbiy-vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.
Bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tib, ishtirokchilarga bayramona kayfiyat va faxr tuyg‘usini ulashdi.
Vatan himoyachilariga cheksiz minnatdorchilik va ehtirom!
Tinchligimiz abadiy bo‘lsin!