Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

0 %

Matn o'lchami:

0 %
Sayt test rejimida ishlamoqda.
logos/images/file-1762335584700-461010404.png

QO'QON SHAXAR 4-SON TEXNIKUMI

Qoʻqon texnikumida milliy qadriyatlarga bagʻishlangan chellenj oʻtkazildi
Milliy qadriyatlar – millat maʼnaviyatining koʻzgusi

Bugun Qoʻqon shahar 4-son texnikumida anʼanaviy tarzda “Milliy qadriyatlar – millat maʼnaviyatining koʻzgusi” shiori ostida Milliy liboslar chellenji oʻtkazildi. 👘🇺🇿

Mazkur tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad — oʻquvchi-yoshlar qalbida milliy qadriyatlarga hurmat, ona Vatanga sadoqat, ajdodlar merosiga ehtirom tuygʻularini yanada mustahkamlashdan iborat boʻldi.

Chellenj davomida oʻquvchilar va pedagog-xodimlar milliy liboslarda faol ishtirok etib, oʻzbek xalqining boy madaniy merosi, urf-odat va anʼanalarini namoyon etdilar. Tadbir jarayonida milliy kuy-qoʻshiqlar yangrab, koʻtarinki ruh hukm surdi. 🌺🎶

Bunday maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar yoshlar ongida milliy oʻzlikni anglash, qadriyatlarimizni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.
news/images/file-1776227380335-578966047.jpg
email

kokandrailtech@gmail.com

phone

+998735432720

work_time

Dushanba-Shanba 08:00-16:00

marker

Farg'ona viloyati Qo'qon shaxri mexrjon ko'chasi 22-uy

Qo‘qon temiryo‘l texnikumi
Developed by:
logo.png PremiumSoft