Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

0 %

Matn o'lchami:

0 %
Sayt test rejimida ishlamoqda.
logos/images/file-1762335584700-461010404.png

QO'QON SHAXAR 2-SON TEXNIKUMI

Qo‘qon temir yo‘l texnikumida yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish va xavfsizligini ta’minlashga bag‘ishlangan profilaktik tadbir o‘tkazildi
2025-yil 9-oktabr kuni Qo‘qon temir yo‘l texnikumida Farg‘ona viloyati Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi (XTB) HPG katta inspektori mayor Z.M. Mirzayunusov, PPX safdor hodimi A. To‘ychiyev hamda texnikumning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari R. Tursunovlar ishtirokida o‘quvchilar uchun profilaktik-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘quvchilarga transportda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish, jamoat joylarida huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan turli hayotiy misollar asosida jinoyatchilikka qarshi kurashish, internet xavfsizligi, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish va yoshlarning mas’uliyatini oshirish mavzularida suhbat o‘tkazildi.
news/images/file-1767949897402-179220733.jpg
email

kokandrailtech@gmail.com

phone

+998735432720

work_time

Dushanba-Shanba 08:00-16:00

marker

Farg'ona viloyati Qo'qon shaxri mexrjon ko'chasi 22-uy

Qo‘qon temiryo‘l texnikumi
Developed by:
logo.png PremiumSoft