Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

0 %

Matn o'lchami:

0 %
Sayt test rejimida ishlamoqda.
logos/images/file-1762335584700-461010404.png

QO'QON SHAXAR 2-SON TEXNIKUMI

Qo‘qon temir yo‘l texnikumida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik suhbat o‘tkazildi
2025-yil 13-oktabr kuni Qo‘qon temir yo‘l texnikumida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish maqsadida profilaktik suhbat tashkil etildi.

Tadbirda Qo‘qon shahar IIB XPB boshlig‘i E. Mamatqulov, Qo‘qon shahar 2-son MXTM boshlig‘i podpolkovnik X. Esonov hamda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari R. Tursunov ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida texnikum yotoqxonasida istiqomat qiluvchi o‘quvchilar bilan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, psixotrop moddalar va giyohvandlik vositalarining zararli oqibatlari, zo‘ravonlik, talonchilik, kiberjinoyatlar hamda o‘g‘irlik kabi salbiy holatlarning oldini olish bo‘yicha atroflicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Mutasaddilar yoshlarni ogohlikka, qonunlarga hurmat bilan yondashishga, o‘z kelajagi uchun mas’uliyatli bo‘lishga chaqirishdi. Shuningdek, o‘quvchilar bilan ochiq muloqot tarzida savol-javoblar o‘tkazilib, ularga zarur tavsiyalar berildi.
news/images/file-1767950088971-777265847.jpg
email

kokandrailtech@gmail.com

phone

+998735432720

work_time

Dushanba-Shanba 08:00-16:00

marker

Farg'ona viloyati Qo'qon shaxri mexrjon ko'chasi 22-uy

Qo‘qon temiryo‘l texnikumi
Developed by:
logo.png PremiumSoft