Qo‘qon temir yo‘l texnikumida “Besh tashabbus” doirasida mini-futbol musobaqasi o‘tkazildi
2025-yil 16-oktabr kuni Qo‘qon temir yo‘l texnikumida "Besh tashabbus” doirasida sportning mini futbol turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Tadbir texnikum talabalari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoaviylik ruhini mustahkamlash va yoshlarni sportga keng jalb etish maqsadida tashkil etildi.
Musobaqada 1-kurs talabalardan iborat 15 ta jamoa faol ishtirok etdi. Guruh bosqichida jamoalar o‘zaro kuch sinashib, keyingi bosqichga chiqish uchun murosasiz bellashuvlar olib bordilar. O‘yinlar davomida talabalar yuqori jismoniy tayyorgarlik, jamoaviy harakat va sport madaniyatini namoyon etdilar.
Natijada g‘olib va faol jamoalar musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘llanma oldilar.
Musobaqaning final bosqichi 2025-yil 17-oktabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda eng kuchli jamoalar g‘oliblik uchun bellashadilar.
kokandrailtech@gmail.com
+998735432720
Dushanba-Shanba 08:00-16:00
Farg'ona viloyati Qo'qon shaxri mexrjon ko'chasi 22-uy